Prezident yig`ilishida yil boshidan Samarqand – 900 ming, Farg`ona – 850 ming, Andijon – 650 ming ichki sayyohlarni qabul qilib, bu borada peshqadam bo`lgani ta`kidlandi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.
Lekin, ayrim viloyat, tuman va shaharlar natijalari yaxshi emas. Sirdaryoga – 151 ming, Navoiyga – 262 ming, Jizzaxga – 275 ming ichki sayyoh tashrif buyurib, bu ularning salohiyatidan ancha kam bo`ldi.
Chetdan kelgan turistlar uchun ko`rsatilgan xizmatlar Qashqadaryoda juda past bo`lib, Shahrisabz, Yakkabog`, Qamashi, Kasbi tumanlarida turizm xizmatlari umuman ko`rsatilmagan.
Shu bilan birga, Jizzax, Navoiy, Sirdaryo, Namangan va Surxondaryoda ham xorijiy turistlarga xizmat ko`rsatishdan tushumlar qolgan hududlardan ancha orqada.
Ayniqsa, Sherobod, Oltinsoy, Kosonsoy, To`raqo`rg`on, Arnasoy, Karmana, Urgut, Guliston, Yangiyo`l, Xiva tumanlarida turizm xizmatlari umuman ko`rsatilmagan.
Ishlarni etarli darajada tashkil etmagani uchun:
- Qashqadaryo viloyati hokimi M.Azimovga hayfsan berildi;
- Shahrisabz, Yakkabog`, Qamashi, Kasbi, Kosonsoy, To`raqo`rg`on, Arnasoy, Karmana, Urgut, Sherobod, Oltinsoy, Guliston, Yangiyo`l, Xiva tumanlari hokimlari bugun ishdan olinib, o`zgarish qilish uchun ularga uch oy sinov muddati beriladi.
19.09.2022 11:48
Qashqadaryo viloyati hokimi Murodjon Azimovga hayfsan berildi






