Shavkat Mirziyoev raisligidagi yig`ilish davom etmoqda.
Transport vazirligiga:
- barcha davlatlarning aviasiyaga mas`ul idoralariga Samarqand aeroportida xorijiy aviakompaniyalar reyslari va yo`nalishlariga bo`lgan barcha cheklovlar olib tashlanganini etkazish;
- xorijiy aviakompaniyalar bilan kelishuvga erishib, Samarqandga Evropa, Osiyo, Amerika, Arab davlatlari hamda qo`shni mamlakatlardan kuniga kamida 10 ta xalqaro reyslarni yo`lga qo`yish;
- vodiy, Nukus, Urganch va Termizdan har kuni kamida 1 ta aviaqatnovni yo`lga qo`yish topshirildi.
Vazirlar Mahkamasiga bir oy muddatda Samarqandda bir yillik xalqaro uchrashuvlar va anjumanlarni o`tkazish dasturini tasdiqlash topshirig`i berildi.
Umuman, besh kun muddatda Samarqanddagi yangi majmualarni ishlatish, buning uchun qo`shimcha imtiyoz va engilliklar berish bo`yicha alohida qaror loyihasini ishlab chiqish zarurligi ko`rsatib o`tildi.






