Tayvan Mudofaa vazirligi Xitoy Xalq Respublikasining to`qqizta samolyoti va beshta kemasi orolni o`rab olgani haqida xabar berdi, deb yozadi Xalq so`zi.
Joriy yilning 19 sentyabr, dushanba kuni Xitoy armiyasining to`qqizta samolyoti va beshta kemasi Tayvanni qurshab oldi. Ayni vaqtda Xitoyning ikkita samolyoti Tayvan bo`g`ozining o`rta chizig`ini kesib o`tdi, deya xabar beradi orol Mudofaa vazirligi.
16 sentyabr kuni AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi direktori o`rinbosari Devid Koen Xitoy etakchisi Si Szinpin go`yoki 2027 yilgacha Tayvanni egallashni rejalashtirayotganini ma`lum qildi. Kontrrazvedka xodimining so`zlariga ko`ra, Xitoy rahbari o`z harbiylariga orolni egallash uchun Xitoy Xalq ozodlik armiyasini tayyorlashni buyurgan. Shu bilan birga, Koen Vashington Pekin rejalarni amalga oshirishga qanchalik tayyor ekanligiga ishonchi komil emasligini ta`kidladi.
Tayvan bo`g`ozidagi mojaroning kuchayishi joriy yilning avgust oyi boshida AQSh Kongressi Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosining oroliga safari fonida boshlangan edi. Tayvan hukumati hanuzgacha Xitoy Xalq Respublikasi harbiylari o`rta chiziqni buzayotgani haqida xabar bermoqda.
Pekin amerikalik siyosatchining orolga tashrifini uchta AQSh-Xitoy kommyunikesida mustahkamlangan «yagona Xitoy» tamoyiliga e`tibor bermaslik deb baholadi. Unga ko`ra, xalqaro hamjamiyat Xitoy va Tayvanni yagona davlat sifatida tan oladi.






