1

Hindiston Bosh vaziri “Ipak yo`li” xalqaro turizm va madaniy meros universitetiga kitoblar to`plamini sovg`a qildi

Madaniyat 19.09.2022, 23:48
Hindiston Bosh vaziri “Ipak yo`li” xalqaro turizm va madaniy meros universitetiga kitoblar to`plamini sovg`a qildi

Joriy yilning 16 sentyabr kuni ShHT sammiti doirasida Hindiston delegasiyasi “Ipak yo`li” xalqaro turizm va madaniy meros universitetiga tashrif buyurdi. Bu haqda Turizm va madaniy meros vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

 Tashrif davomida delegasiya OTM faoliyati bilan tanishdi, shuningdek, universitet kutubxonasiga Hindiston Bosh vaziri nomidan siyosat, iqtisodiyot, turizm, madaniyat, tarix, me`morchilik va boshqa sohadagi mamlakatning turli jihatlarini qamrab oluvchi Hindiston haqidagi 200 dan ortiq kitoblarni taqdim etdi.


Qayd etish joiz, kitoblarning taqdim etilishi madaniy diplomatiyani rivojlantirishga yorqin misol bo`lib xizmat qiladi, shuningdek, ta`lim va turizm sohasida o`zbek-hind munosabatlarini mustahkamlashga katta hissa qo`shadi.


Hozirda universitet kutubxonasida madaniy merosni saqlab qolish uchun kitoblarning noyob to`plami yig`ilgan. O`zbekiston Bosh vazirining o`rinbosari – Turizm va madaniy meros vaziri va “Ipak yo`li” xalqaro turizm va madaniy meros universiteti rektori Aziz Abduhakimov boshchiligida kutubxonaga qisqa muddat ichida turizm, san`at, tarix, arxeologiya, etnologiya, geosiyosat, iqtisodiyot, madaniyatshunoslik, dinshunoslik, rassomlik, haykaltaroshlik, me`morchilik, madaniy meros kabi yo`nalishlar bo`yicha dunyoning turli burchaklarida bosib chiqarilgan 20 mingga yaqin kitoblar etkazildi. Shuningdek, universitet kutubxonasida 100 mingdan ortiq kitoblar elektron ko`rinishda taqdim etilgan.
Eslatib o`tamiz, “Ipak yo`li” xalqaro turizm va madaniy meros universiteti Prezident Shavkat Mirziyoevning ShHT davlatlari rahbarlarining Sindao shahrida bo`lib o`tgan yig`ilishidagi tashabbusi bilan ochilgan. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1