Anqara ShHT sammitidagi ishtiroki haqida Evropa Ittifoqiga hisobot berish niyatida emas, dedi Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdog`an. Bu haqda "Sputnik" xabar qilmoqda.
Avvalroq u ShHTga a`zo bo`lishni Turkiyaning maqsadi deb atagan edi.
“Evropa Ittifoqi bizni 52 yil ushlab turadi, unga yaqinlashishga ruxsat bermaydi va keyin so`raydi: “Nega bu davlat bilan uchrashdingiz? Nega boshqasi bilan uchrashdingiz?" Men muzokaralar olib boraman. Ayni paytda biz EI oldida javobgar emasmiz", - dedi Turkiya rahbari.
U turli davlatlar rahbarlari, jumladan, Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Xitoy rahbari Si Szinpin bilan uchrashishini ta`kidladi.






