AsosiyDunyo

Gruziyada qurollangan shaxs bankka bostirib kirib, xodimlarni garovga oldi (video)

'Gruziyada qurollangan shaxs bankka bostirib kirib, xodimlarni garovga oldi (video)'ning rasmi

Gruziyada “Bank of Georgia" bankining Kutaisi shahridagi filialiga qurollangan shaxs bostirib kirib, 15 kishini garovga oldi. Bu haqda “zamon.uz” yozmoqda.

Ulardan 10 nafari bank xodimlaridir. Voqea joyiga etib kelgan polisiya atrofni o`rab olgan. Ayni damda garovga olinganlarni ozod qilish va jinoyatchini qo`lga olish bo`yicha maxsus operasiya davom etmoqda.

U polisiyaga o`z talablarini aytgan.

"Qurollangan shaxs bank oldiga vertolyot, 2 million dollar, Rossiya bayrog`i va qarmoq olib kelishni talab qilmoqda", - deyiladi xabarda.

Guvohlarning so`zlariga ko`ra, qo`lida qurol bo`lgan noma`lum shaxs bank filialiga bostirib kirib, ogohlantiruvchi o`q uzgan. U bank xodimlaridan mavjud bo`lgan barcha naqd pulni berishni talab qilgan, biroq u ofis binosidan chiqa olmagan, chunki polisiya tezda voqea joyiga etib kelgan.

    Boshqa yangiliklar