AsosiyDunyo

Sadir Japarov Erdo`g`onga Tojikiston Qirg`izistonga hujumga qanday tayyorgarlik ko`rgani haqida gapirdi

'Sadir Japarov Erdo`g`onga Tojikiston Qirg`izistonga hujumga qanday tayyorgarlik ko`rgani haqida gapirdi'ning rasmi

Sadir Japarov Erdo`g`onga Tojikiston Qirg`izistonga hujumga qanday tayyorgarlik ko`rgani haqida gapirib berdi, deb yozmoqda "Sputnik Qirg`iziston".

Tojikiston tomon: 

▪️ qo`shinlarini Qirg`iziston chegarasiga oldindan olib chiqib eetdi;

▪️qurolli kuchlar va og`ir texnika vositalaridan foydalangan holda Qirg`iziston hududidagi chegara va fuqarolik ob`ektlari hamda aholi punktlariga hujum uyushtirdi. 

“Tojikiston tomon yaratgan vaziyat tinch aholi o`rtasida tuzatib bo`lmas talafotlarga, harbiy xizmatchilarning yo`qotishlariga, harbiy va fuqarolik infratuzilmasiga jiddiy zarar etkazilishiga olib keldi”, — dedi u.

Erdo`g`on Japarovga hamdardlik bildirib, jarohat olganlarning tezroq sog`ayib ketishini tiladi.

    Boshqa yangiliklar