1

"Omikron"ni grippdan qanday farqlash mumkinligi aytildi

Salomatlik 21.09.2022, 13:50
"Omikron"ni grippdan qanday farqlash mumkinligi aytildi

Hozir dunyoda “omikron” shtammi dominant versiyaga aylangan. Ammo uning subvariantlari ro`yxati kengayishda davom etmoqda. Biroq ayni shu mutasiyalarga xos asosiy alomatlar gripp va boshqa o`tkir respirator virusli kasalliklar simptomlaridan farq qilmaydi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar qildi. 

Ma`lum qilinishicha, yo`tal, isitma, tomoq og`rig`i, holsizlik kabi belgilar ham koronavirus, ham O`RVIga xosdir. Mutaxassislarning ta`kidlashicha, avvalgi shtammlarda xastalikni aniq ifodalab turuvchi yaqqol alomatlar bor edi. Bemorlarda hid va ta`m bilish qobiliyatining yo`qolishi shular jumlasidan.

“Omikron” variantlarida bunday simptomlar bor-yo`g`i 5 foiz bemorlarda kuzatilyapti, xolos. Qolaversa, hozirgi mutasiyalar aksariyat hollarda pnevmoniyani keltirib chiqarayotgani yo`q.

 Shifokorlarning qayd etishicha, ayni kunda COVID-19ni gripp yoki boshqa o`tkir respiratorli infeksiyalardan ajratishning oson va arzon yo`li PZR va ekspress tibbiy testlardir.

To`g`ri, “omikron”ning ayrim kichik shtammlari, chunonchi, VA 2.75 versiyasi bilan kasallanganlar tana, mushaklar hamda bel va bosh og`rig`idan shikoyat qilmoqda. Shuningdek, “kentavr” mutasiyasi aniqlangan ba`zi bemorlar yorug` muhitda ko`zlarini ochishga qiynalyapti. Ular ko`z gavharida og`riqlarni his qilmoqda. Ammo bunday holatlarning umumiy statistikadagi ulushi juda kam.  

 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1