AsosiyDunyo

Sergey Shoygu armiyaga kimlar chaqirilishini ma`lum qildi

'Sergey Shoygu armiyaga kimlar chaqirilishini ma`lum qildi'ning rasmi

Rossiya bugungi kunda faqat Ukraina bilan emas, balki kollektiv G`arb va NATO bilan urushmoqda. Bu haqda Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu «Rossiya 24» telekanaliga bergan intervyusida ma`lum qildi.

Shoyguning so`zlariga ko`ra, Kievda g`arb qo`mondonligi o`rnatilgan bo`lib, ular operasiyalarni boshqarmoqda. Ukrainada bo`lgan sobiq sovet davriga tegishli qurol-yarog`lar deyarli tugagan. «Endilikda ular G`arb omborlarida bo`lgan bachra narsani olib chiqdi. Bizga qarashli deyarli butun NATOning sun`iy yo`ldosh guruhi ishlayapti: 70 dan ortiq harbiy va 200 dan ortiq fuqarolik sun`iy yo`ldoshlari bizning bo`linmalar joylashgan hududlarda razvedka ishlarini amalga oshiryapti», — deydi mudofaa vaziri.

Uning qayd etishicha, dastlabki bosqichda Ukraina Qurolli Kuchlari tarkibida 200 ming kishi bo`lgan. O`tgan vaqt davomida ular 100 mingdan ortiq yo`qotishlarni boshdan o`tkazgan — armiyasining yarmi halok bo`lgan. Shu sababli Ukrainada safarbarlikning to`rtinchi to`lqini o`tkazilgan bo`lib, qariyb 300 ming kishi xizmatga chaqirilgan. Rossiya mudofaa vazirining ta`kidlashicha, Rossiya tomonidan hozirga qadar 5937 kishi halok bo`lgan.

«Qisman safarbarlik doirasida 300 ming zaxiradagi fuqarolarni chaqiramiz. Bular xizmat qilgan, muayyan mutaxassislikka, jangovar tajribaga egalardir. Muddatli harbiy xizmatchilar va talabalarni chaqirmaymiz. Bizning safarbarlik resursimiz ulkan — 25 milliondan ortiq. Ya`ni safarbarlik uning 1 foiziga ta`sir ko`rsatadi. Bu ishlar rejali amalga oshiriladi. Bunda barchani tez qamrab olish uchun kombayn kabi ish ko`rilmaydi», — deydi Shoygu.

Rossiya mudofaa vaziriga ko`ra, reja bo`yicha safarbarlik yig`inlari o`tkazilishi kerak bo`lgan, biroq endi bu ishlar amalga oshirilmaydi va qisman safarbarlik bilan shug`ullaniladi. «Belgilangan muddatlar o`zgarishi mumkin, ammo maxsus operasiya oldiga qo`yilgan asosiy vazifa bajarilmoqda. Tabiiyki, uning amalga oshishi uchun qo`lgan kelgan barcha ishni amalga oshiryapmiz», — deya ta`kidlaydi u.

    Boshqa yangiliklar