AsosiyDunyo

Rossiyada ayrim hududlarida safarbarlik amalga oshirilmoqda

'Rossiyada ayrim hududlarida safarbarlik amalga oshirilmoqda'ning rasmi

Putin Rossiyada qisman harbiy safarbarlik e`lon qilganidan so`ng, mamlakat bo`ylab keng norozilik namoyishlari bo`lib o`tmoqda.  Moskvadagi namoyishchilarning aksariyatini ayollar tashkil etmoqda. Ular kecha tunda "Farzandlarimiz uchun hayot" deya hayqirib, Moskva ko`chalarini aylanishdi.

Shu jumladan, polisiya ishtirokchilarni hibsga olayotgani haqida xabar berilgandi.

Ayni paytda ijtimoiy tarmoqlarda ayrim hududlarda safarbarlik amalga oshirilayotgani bilan bog`liq ma`lumotlar tarqaldi.

 

Yakutiyada qisman safarbarlik paytida chaqirilgan aholi 205 ming rubldan oladi.

Bu haqda payshanba kuni Yakutiya hukumati matbuot xizmati xabar bergan.

"Safarbarlikka chaqirilgan barcha fuqarolar shartnoma bo`yicha harbiy xizmatchilarga tenglashtiriladi, ular bir xil miqdorda - lavozimi va harbiy unvoniga qarab 205 ming rubldan nafaqa oladilar ", — deyiladi xabarda.  

Aniqlik kiritilishicha, birinchi navbatda, qisman safarbarlik chog`ida muddatli harbiy xizmatni yaqinda o`tagan fuqarolar chaqiriladi – ular muddatli harbiy xizmatni uch yildan ko`p bo`lmagan muddatda o`tab bo`lgan, harbiy ro`yxatga olingan va harbiy xizmatni o`tash ko`nikmasiga ega. 

    Boshqa yangiliklar