Atambaev ozod etilishi mumkin. Sadir Japarov bu masalani sobiq prezidentning o`g`illari bilan muhokama qildi, deya xabar bermoqda "Sputnik Qirg`iziston".
Ma`lum qilinishicha, Qirg`izistonning sobiq prezidenti Almazbek Atambaevning o`g`illarini qabul qilishni Japarovdan o`g`li Rustam so`ragan.
“O`g`lim menga: “Ota, Atambaevning o`g`illarini qabul qil, ular juda ko`p so`rashyapti. Biz bir vaqtlar Atambaevning oldiga bora olmadik", dedi. U ularni oldimga olib keldi. Men o`zimcha o`yladim: "O`g`lim, sen mendan ko`ra rahmdilroqsan".
Japarov bolalarni qabul qildi va hammasini tushuntirdi.
"Sud davom etayotgan paytda, men aralasha olmayman. Hozir uni ozod qilishga ko`rsatma berishga haqqim yo`q. Men Qo`y-Tosh voqealari bo`yicha jarayon yakunlangandan keyingina bunday vakolatga ega bo`laman”, — dedi Japarov.
Eslatib o`tamiz, 2011-2017 yillarda Qirg`iziston Prezidenti bo`lgan Almazbek Atambaev 2019 yilda hibsga olingan. Shundan so`ng unga turli ayblovlar e`lon qilingan edi. Qirg`iziston sobiq prezidenti Almazbek Atambaevga 2020 yilning oktyabr oyida hokimiyatni kuch bilan egallab olishga urinish va ommaviy tartibsizliklarni tashkillashtirish ayblovlari e`lon qilingan






