Moskva shahrida svetofor montajchisi vazifasida ishlab kelayotgan yurtdoshimiz Oybek Eshtemirov ko`pqavatli uylarning birida yuz bergan yong`indan ikki nafar ayolni qutqarib qoldi. Bu haqda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi xabar berdi.
24 yoshli Oybek ushbu qahramonligi uchun Moskva shahri hukumati va FFV tomonidan mukofotlandi.






