Tojikiston va Qirg`iziston TIV rahbarlari Nyu-Yorkda uchrashdi. Tomonlar BMT bosh kotibi o`rinbosari Rozmari Dikarlo ishtirokida qirg`iz-tojik chegarasidagi vaziyatni muhokama qilgan. Bu haqda “zamon.uz” yozmoqda.
Tojikiston TIV ma`lumotlariga ko`ra, har ikki davlat ham chegaradagi muammoni tinch yo`l bilan hal qilishga tayyorligini bildirgan. Sirojiddin Muhriddin va Jeenbek Kulubaev erishilgan kelishuvlarga amal qilish muhim ekanligini ta`kidlagan.
Ayniqsa, 2022 yil 19 sentyabr kuni imzolangan protokolga amal qilish zarurligini alohida qayd etilgan.






