Rossiya mudofaa vazirligi qisman safarbarlik boshlanganidan beri birinchi yirik kadrlar o`zgarishini e`lon qildi. Vazir Sergey Shoyguning o`rinbosari, qo`shinlarning moddiy-texnik ta`minoti uchun mas`ul bo`lgan Dmitriy Bulgakov “boshqa ishga o`tgani sababli” lavozimidan ozod etildi.
Uning o`rniga bu lavozimga Mixail Mizinsev tayinlandi. General-polkovnik Mixail Mizinsev bungacha Milliy mudofaa nazorati markazi rahbari lavozimida ishlagan.
Armiya generali Dmitriy Bulgakov 2008 yil 2 dekabrdan buyon mudofaa vaziri o`rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.
24.09.2022 11:22
Shoyguning o`rinbosari Dmitriy Bulgakov o`z lavozimidan ozod etildi






