1

Putin harbiy xizmat to`g`risidagi qonunga qator o`zgartirishlar kiritdi

Dunyo 24.09.2022, 21:39
Putin harbiy xizmat to`g`risidagi qonunga qator o`zgartirishlar kiritdi

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin harbiy xizmat to`g`risidagi qonunga bir qator o`zgartirishlar kiritdi. Bu haqda “Zamon.uz” sayti yozmoqda.

Yangi qonunga ko`ra, quyidagi holatlarda rossiyaliklar 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishim mumkin:

— harbiy xizmatni o`tash vaqtida ixtiyoriy taslim bo`lganlik uchun;
— harbiy harakatlarda qatnashishdan bosh tortgani uchun;
— dezertirlik va xizmatga kelmaganlik uchun.

Shuningdek, talonchilik uchun 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazoni belgilash nazarda tutilgan. Safarbarlik, harbiy holat va jangovar harakatlar davrida jinoyat sodir etilishi og`irlashtiruvchi holat sifatida tan olinadi.

Mutasaddi shaxslar davlat mudofaa buyurtmasi shartnomasini buzsa, 4 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinadi. Xorijiy fuqarolar Rossiya Qurolli Kuchlarida safida 1 yil  xizmat qilsa, ularga Rossiya fuqaroligi soddalashtirilgan tartibda beriladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1