Rossiyaning Ijevsk shahridagi 88-sonli maktabda sodir bo`lgan otishmada 9 kishi, jumladan, olti bola halok bo`lgani, 20 kishi jarohatlangani aytilmoqda.
Pushkinskaya ko`chasidagi ushbu maktabda bugun, 26 sentyabr kuni dars vaqtida otishma boshlangan. Qora kostyum kiygan noma`lum erkak sinfga bostirib kirib, bolalarga qarata o`q uzgan.
Polisiya muassasani o`rab olgan va o`qituvchilar evakuasiya qilgan.
Xabarlar ko`ra, bolalarga qarata o`t ochgan erkak o`zini otib o`ldirgan. Uning jasadi topilgan.
Telegram kanallardagi xabarlarga ko`ra, qurbonlar orasida qorni va ko`kragidan jarohat olgan 7 yoshli ikki nafar bola, shuningdek, boldir qismidan yaralangan 10 yoshli va 16 yoshli bola ham bor.