AQShning Stenford universiteti olimlari SOVID-19 virusi ortiqcha vaznli insonlarda og`ir asoratlarni keltirib chiqarishi mumkinligini aniqladi. Bu haqda SSV Matbuot xizmati xabar yozdi.
Buning uchun 22 nafar bemordan olingan yog` to`qimalari namunalariga SARS-CoV-2 virusi mavjud eritmalar laboratoriya sharoitida yuborildi. Yakunda infeksiya yog` hujayralariga samarali ta`sir ko`rsatib, ularda ko`payishi va keyin boshqa to`qimalarga tarqalishi ma`lum bo`ldi.
Shuningdek, yog` to`qimasida immunitet hujayralari ham ko`p uchraydi. Ular infeksiya yuqqan paytda faollashishi tufayli o`sha joyda kuchli yallig`lanish hosil bo`ladi.
Navbatdagi bosqichda virus qo`shni hujayralarga uzatilib, asta-sekin butun organizm faoliyatiga salbiy ta`sir ko`rsatadi.
Bu — nega semiz kishilar o`rtasida koronavirusdan o`lim xavfi 10 baravar yuqori ekanligining ilmiy tasdig`i. Chunki tanada yog` miqdori qancha ko`p bo`lsa, yallig`lanish ehtimoli shuncha baland bo`ladi.
Bundan tashqari, olimlar, SOVID-19 oqibatida hayotdan ko`z yumgan bemorlar yurak sohasi, ichak, buyrak va oshqozon osti bezi atrofidagi yog` to`qimalarida koronavirus mavjud bo`lganini aniqladi.
Tadqiqotchilar fikricha, yog` to`qimasi virus uchun rezervuar vazifasini o`taydi va bunday muhitda bemor tuzalgandan so`ng ham virus saqlanib qolishi mumkin.
26.09.2022 16:42
SOVID-19: Ortiqcha vaznli bemorlar o`rtasida o`lim ko`rsatkichi yuqori ekanligining sababi aniqlandi
!['SOVID-19: Ortiqcha vaznli bemorlar o`rtasida o`lim ko`rsatkichi yuqori ekanligining sababi aniqlandi'ning rasmi](https://api.darakchi.uz/media/news_preview/2024/07/28/5ec404cc02e8bd27e4612f9f-xl_VRlJ3yA_Go4456n_K7NMc9o_kXlg6eo.medium.webp)