AsosiyJamiyat

Toshkentda 4 ta avtomobil bir-biriga urilishi oqibatida YTH sodir bo`ldi

'Toshkentda 4 ta avtomobil bir-biriga urilishi oqibatida YTH sodir bo`ldi'ning rasmi

Bugun, 26 sentyabr kuni soat 16:40 larda Toshkent shahar Mirobod tumani Nukus ko`chasida, bir yo`nalishda harakatlanib kelayotgan 4 nafar haydovchilarning mashinasi bir-biriga urilib, avariya sodir bo`lgan.

Ushbu yo`l transport hodisasida 26 yoshli yigit boshqaruvidagi “Toyota”, 24 yoshli yigit boshqaruvidagi “Nexia-1”, 36 yoshli erkak boshqaruvidagi "Spark" va 22 yoshli yigit boshqaruvidagi "Labo" rusumli transport vositalari bir-biriga urilgan.

Hodisa natijasida "Spark" haydovchisi hamda "Labo" haydovchisi tan jarohati olgan. Ularga tez tibbiy yordam xodimlari kelib birinchi yordam ko`rsatishgan.
Shuningdek, barcha avtomobillar zararlangan.

Hozirda holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas`ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar