1

Vaqtida Belarusni tashlab ketganlar endi qaytishni so`ramoqda – Lukashenko

Dunyo 27.09.2022, 08:40
Vaqtida Belarusni tashlab ketganlar endi qaytishni so`ramoqda – Lukashenko

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Rossiya etakchisi Vladimir Putin bilan bo`lgan muzokaralar chog`ida 2020 yildagi prezidentlik saylovlaridan keyin respublikani tark etgan Belarus muxolifati vakillarining aksariyati mamlakatga qaytishni so`raganini aytdi.

“2020 yilda bir necha ming (belaruslar – tahr.) ketganida, men tashvishlanmadim. Ular (hozir – tahr.) qaytib kelishni so`rashadi”, - deydi u. 

Belarus prezidentining so`zlaridan RIA Novosti iqtibos keltirdi.

Lukashenko Rossiyada qisman safarbarlik e`lon qilinganidan keyin “migrasiya bilan bog`liq vaziyat xuddi shunday rivojlanadi”, degan fikrni bildirdi.

"Kuzatib turibman: bizni safarbarlik bilan qo`rqitishyapti, yana qaerdadir kimdir mamlakatdan qochib ketgan. Rossiyaning 25 millionlik safarbarlik zaxirasi bor. Mayli, shundan 30, 50 ming nafari qochib ketdi deylik. Agar ular shu erda qolishganida o`z odamimiz bo`lib qolisharmidi? Mayli qochishsin. Va ular qaytib kelishadi ham. Faqat ularga qanday chora ko`rish masalasida qaror qabul qilish kerak: mayli yoki shu erga kelishsin, yoki o`sha erlarda bepul non eb yurishsin. Bunday yo`l tutmaslik kerak. Evropa va Amerikaga qochmasdan shu erda kelishib olish mumkin: vaziyat oldingidek emas", - deydi Lukashenko.

Ma`lumot uchun, 22 sentyabr kuni Vladimir Putin Mudofaa vazirligining taklifiga asosan qisman safarbarlik to`g`risidagi farmon imzoladi. Unda asosiy maqsad - ozod qilingan hududlarda odamlar xavfsizligini ta`minlash deyilgan.

Rossiya etakchisining ta`kidlashicha, safarbarlikka faqat zaxiradagi harbiylar — harbiy xizmatni o`tagan, harbiy mutaxassislikka va tajribaga ega bo`lganlar chaqiriladi. Harbiy harakatlar hududiga yuborishdan oldin har bir kishi qo`shimcha tayyorgarlikdan o`tadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1