1

Oziq-ovqat allergiyasi koronavirusdan himoya qilishi mumkin

Salomatlik 27.09.2022, 14:28
Oziq-ovqat allergiyasi koronavirusdan himoya qilishi mumkin

Yangi tadqiqot davomida mutaxassislar bir qator oziq-ovqat mahsulotlari, viruslar va vaksinalar koronavirusga qarshi immun javobi chaqirishi mumkinligini aniqladilar. 

Bu immunitet tizimini COVID-19 bilan to`qnashganda agressiv javob berishga o`rgatadigan oqsillar bilan bog`liq. Shu maqsadda oziq-ovqat mahsulotlaridagi bir yuz sakson xil protein, ikkita vaksina va o`n besh bakterial hamda virusli oqsilning inson antitanachalariga ta`siri tahlil qilindi.

Eng kuchli reaksiya enterokokk fekal ichak bakteriyasi mavjudligida, ko`k yo`tal, difteriya va qoqsholga qarshi vaksinalarda mavjudligida qayd etildi. Bundan tashqari, qovurilgan bodom, keshyu, brokkoli, cho`chqa go`shti, sut, ananas va soya tarkibidagi oqsillar ham virusga ta`sir qilgani aniqlandi.

Ammo bu mahsulotlarni iste`mol qilishning o`zi COVIDdan himoyalanish uchun kifoya emas: immunitetni shakllantirishda odamda oziq-ovqatlarga allergiyasi bo`lishi ham talab etiladi. Bundan kelib chiqadiki, laboratoriya sinovlarida samaradorligiga qaramay, ularni mavjud vaksinalar o`rniga qo`llash mumkin emas.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1