Ayni vaqtda Sardor Umurzoqov raisligida o`tkazilayotgan yig`ilishda qator tuman hokimlari lavozimidan ozod etildi.
Prezidenti Matbuot kotibi Sherzod Asadov buni ma`lum qilmoqda.
Qayd etilishicha, er munosabatlarini tartibga solishga oid qonunchilik hujjatlariga rioya etmagani, faoliyatida yo`l qo`ygan boshqa jiddiy qonunbuzilish holatlari uchun Asaka tumani hokimi M.Alixonov va Farg`ona tumani hokimi Sh.Muminov egallab turgan lavozimidan ozod etildi.
Shuningdek, rahbarlik etikasi qoidalariga rioya etmagani, xizmat vakolatidan chetga chiqib qonun buzilish holatlariga yo`l qo`ygani uchun Paxtaobod tumani hokimi E.Usmonov, Nurobod tumani hokimi Sh.Yuldashev egallab turgan lavozimidan chetlatildi.
Shu bilan birga, davlat xizmatchisi etikasiga nomunosib xatti-harakatlari, rahbarlik madaniyatini saqlamagani, o`tkazilgan qabullarda fuqarolarga hurmatsizlikka yo`l qo`ygani va faoliyatidagi boshqa kamchiliklari uchun Andijon tumani hokimi A.Egamberdiev ishdan bo`shatildi.