1

JSST “omikron”ning 6 ta variantini kuzatuv ostiga oldi

Salomatlik 28.09.2022, 09:56
JSST “omikron”ning 6 ta variantini kuzatuv ostiga oldi

Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti koronavirusning kuzatuv ostida bo`lgan mutasiyalari ro`yxatiga o`zgartirish kiritdi. Unga ko`ra, endi “omikron” shtammining 2021 yil oxiri va 2022 birinchi yarmida aniqlangan 6 ta varianti — BA.5.1, BA.5.2, BA.2.75, BQ.1, BJ.1 va BA.4.6 alohida nazorat qilib boriladi.  Bu haqda Sog`liqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, hozir ushbu subversiyalar asosan AQSh (BA.4.6, BA.5.1 va BA.5.2), Hindiston (BJ.1va BA.2.75), Buyuk Britaniya (BA.5.1 va BA.5.2) va Nigeriyada (BQ.1) keng tarqalmoqda.

Esingizda bo`lsa, joriy yilning may oyida JSST tomonidan SOVID-19ning monitoring ostidagi qator variantlari kuzatuvi to`xtatilgan edi. Iyul oyida esa bu safdan “delta” shtammi chiqarib tashlandi. 

Ayni paytga kelib esa faqat “omikron”ning yuqoridagi 6 mutasiyasi nazorat ostida. Chunki dunyoda  ushbu shtamm dominantga aylangan. U jami aniqlanayotgan koronavirus holatlarining 98 foizini tashkil etyapti. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1