O`zbekiston Respublikasi oliy ta`lim muassasalari ingliz tili o`qituvchilari o`rtasida "Eng yaxshi ingliz tili o`qituvchisi" tanlovi "Iste`dod" jamg`armasida tashkil etildi. Bu haqda Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligining axborot xizmati xabar bermoqda.
Yakuniy natijalarga ko`ra, eng yuqori ball to`plagan 14 nafar ingliz tili o`qituvchilari tanlovining g`oliblari bo`lib, joriy yilning 9 - 23 avgust kunlari Buyuk Britaniyaning Norvich til o`qitish institutida qisqa muddatli malaka oshirish kursida qatnashib, o`z bilim va malakalarini yanada takomillashtirishmoqda.
Ayni paytda ingliz tili o`qituvchilarimiz uchun Norvich til o`qitish institutida "Material Design", "Trainer Development" va "Language awareness" kabi mavzu yo`nalishlarida institutning professorlari va malakali trenerlari tomonidan mashg`ulotlar olib borilmoqda.