1

Toshkentda xonanda Zohid boshqaruvida bo`lgan BMW dahshatli avariyaga uchradi (video)

Jamiyat 30.09.2022, 08:54
Teglar: Zohid
Toshkentda xonanda Zohid boshqaruvida bo`lgan BMW dahshatli avariyaga uchradi (video)

Kecha, 29 sentyabr kuni taxminan soat 23:00 larda 1990 yilda tug`ilgan Z.R. (xonanada Zohid) o`zining boshqaruvidagi BMW rusumli (davlat raqam belgisi 01 N 806 HA) transport vositasida Axmad Donish ko`chasidan Yangishahar ko`chasiga qarab harakatlanayotganda rul boshqaruvini yo`qotib, yo`l transport  hodisasini sodir etgan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Natijada transport vositasi haydovchisi va yo`lovchilari 1995 yilda tug`ilgan J.I. hamda 1996 yilda tug`ilgan J.Y. kasalxonaga yotqizilgan. 1994 yilda tug`ilgan X.S. voqea joyida vafot etgan.

Hodisa yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshkarmasi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zgatildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda avtohalokat aks etgan videolar tarqaldi.

Shundan so`ng, xoananda Zohidning rafiqasi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali turmush o`rtog`ining haqqiga duo qilishlarini so`rab yozib qoldirdi. 

Sharhlar

Kamola Ortiqova 12 yillik muhabbati bo`lgan Zohid bilan ajrashmoqchi

18.10.2021, 07:45

Kamola Ortiqova Instagram sahifasi orqali muxlislardan kelgan savollarga javob berish vaqtida turmush o`rtog`i Zohid bilan ajrashmoqchi ekanligini aytdi. Bu haqda uning ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida tayanib Zamon.uz...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1