1

Kobuldagi ta`lim markazida sodir etilgan portlashda asosan qizlar halok bo`ldi. O`zbekiston TIV bayonot berdi

Dunyo 01.10.2022, 15:23
Kobuldagi ta`lim markazida sodir etilgan portlashda asosan qizlar halok bo`ldi. O`zbekiston TIV bayonot berdi

Kobuldagi shia ta`lim markazida xudkush tomonidan sodir etilgan portlashda 20dan ortiq odam halok bo`ldi. Shuningdek, o`nlab odamlar yaralanib, shahar bo`ylab shifoxona va klinikalarga etkazildi. Tolibon vakilining aytishicha, portlash asosan Afg`onistondagi shia ozchilik vakillari istiqomat qiladigan Dashti Barchi hududida sodir bo`lgan.

Qurbonlar asosan maktabni bitirgan o`g`il-qizlardir. Ular oliy o`quv yurtlariga kirish imtihonlariga tayyorgarlik ko`rish uchun o`quv markaziga kelishgan edi.

Hozircha hech kim javobgarlikni o`z zimmasiga olmagan. Tolibonning mamlakatdagi asosiy raqibi bo`lgan o`zini “Islomiy davlat” deb atagan guruh o`tmishda shia ozchilikni ta`qib qilgan.

Mazkur hodisa yuzasidan O`zbekiston TIV rasmiy bayonot berdi. 

"Kobul g`arbidagi ta`lim markazida sodir etilgan qabih terrorchilik xuruji oqibatida o`nlab insonlar, asosan, qizlar halok bo`lgani va jarohatlangani haqidagi xabarni chuqur qayg`u bilan qabul qildik.

Yana ro`y bergan zo`ravonlik harakatlarni keskin qoralagan holda, mazkur yovuz va g`ayriinsoniy xuruj tashkilotchilari hamda ijrochilarini aniqlashda barcha zarur choralarni ko`rishga chaqiramiz.

Halok bo`lganlarning oila a`zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiramiz, jarohatlanganlarning tezroq sog`ayib ketishini tilaymiz", - deyiladi TIV munosabatida. 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1