1

Andijonda xotini, qaynonasi va qaynukasini pichoqlagan erkak haqida qo`shimcha ma`lumot berildi

Jinoyat 03.10.2022, 14:10
Andijonda xotini, qaynonasi va qaynukasini pichoqlagan erkak haqida qo`shimcha ma`lumot berildi

Andijon viloyatining Izboskan tumanida erkak xotinini, qaynonasi va 16 yoshli qaynukasini pichoqlagani haqida xabar berilgan edi. 

Viloyat prokuraturasining holat yuzasidan qo`shimcha ma`lumot berishicha, 12 sentyabr kuni Izboskan tuman "To`rtko`l" MFY Xotira ko`chasida yashovchi fuqaro A.A. oilaviy kelishmovchiliklar tufayli turmush o`rtog`i R.Sh, qaynonasi R.M va qaynukasi R.X. bilan janjallashib, ularga pichoq bilan tan jarohati etkazgan.

Oqibatda, turmush o`rtog`i R.Sh va qaynonasi R.M hodisa joyida, qaynukasi R.X. shifoxonada vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan 12 sentyabr kuni viloyat prokuraturasi tomonidan fuqaro A.A ga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam o`ldirish) 2-qismi "a" bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari davomida A.A.ga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo`llanilgan.

Jinoyat ishining dastlabki tergov harakatlari viloyat prokuraturasi tomonidan davom ettirilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1