Yo`lovchilarga qo`shimcha qulayliklar yaratish maqsadida 2022 yilning 17 oktyabrdan 764/763 sonli Toshkent — Samarqand—Toshkent yo`nalishidagi yuqori tezlikda harakatlanuvchi "Afrosiyob" elektropoezdi Dashtobod bekatida to`xtab o`tadi. Bu haqda "O`ztemiryo`lyo`lovchi" AJ matbuot xizmati xabar qildi.
Ma`lum qilinishicha, endilikda, Dashtobod bekatida chiptaxona va kutish zali tashkillashtiriladi.
Harakat jadvali quyidagicha:
764-sonli poezd Toshkent 8:25 — Dashtobod 9:32-09:34 — Samarqand 10:38
763-sonli poezd Samarqand 16:11 — Dashtobod 17:14-17:16 — Toshkent 18:25