AsosiyDunyo

Budapeshtda O`zbekistonning diplomatik vakolatxonasi ochiladi

'Budapeshtda O`zbekistonning diplomatik vakolatxonasi ochiladi'ning rasmi

Biroz avval Budapeshtdagi “Karmelita” saroyida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev va Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban tor doirada ikki tomonlama muzokara o`tkazishgani haqida xabar bergandik.

Unda Qishloq xo`jaligi, transport, farmasevtika, to`qimachilik, oziq-ovqat, elektrotexnika, suvni tejash va sanoat sohalaridagi kooperasiyaga yangi kuchli sur`at bag`ishlash yuzasidan qator kelishuvga erishildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ta`kidlanishicha,  hukumatlarga ustuvor loyihalarni moliyalashtirish uchun tez fursatda qo`shma fond tuzish topshirilgan.

Eng asosiysi shuki, kelgusida ko`zlangan rejalarni amalga oshirishga ko`maklashish maqsadida Budapeshtda O`zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonasini ochish yuzasidan kelishuvga erishilgan.

    Boshqa yangiliklar