1

Kimyo bo`yicha 2022 yilgi Nobel mukofoti sovrindorlari ma`lum bo`ldi

Dunyo 05.10.2022, 18:06
Kimyo bo`yicha 2022 yilgi Nobel mukofoti sovrindorlari ma`lum bo`ldi

Xabaringiz bor, 3 oktyabrdan joriy yil uchun Nobel mukofoti sovrindorlarini e`lon qilish haftaligi boshlandi. 

Shvesiya qirollik fanlar akademiyasi haftalik doirasida kimyo bo`yicha 2022 yilgi Nobel mukofoti sovrindorlarini e`lon qildi. Ushbu yo`nalishda nufuzli mukofot Stenford universiteti professori Karolin Rut Bertossi, Kopengagen universiteti professori Morten Meldal hamda Massachusets texnologiya instituti akademigi Barri Sharplessga berildi.

Olimlar «klik-kimyo va bioortogonal kimyoni rivojlantirishdagi hissasi uchun» Nobel mukofotini qabul qilib olishadi.

Barri Sharpless 2001 yilda ham Redzi Noeri va Uilyam Noulz bilan birgalikda «farmasevtika sanoatidagi tadqiqotlari uchun» Nobel mukofotini qo`lga kiritgan edi.

Tarixda faqat to`rt nafar olim ikki martadan Nobelni qo`lga kiritgan bo`lib, ular — Jon Bardin, Mariya Sklodovskaya-Kyuri, Laynus Poling va Frederik Sengerlardir.

Eslatib o`tamiz, Fizika bo`yicha Nobel mukofotiga kvant mexanikasi sohasidagi tadqiqotlari uchun uch nafar olim sazovor bo`lgan edi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1