AsosiyDunyo

Rossiya ta`lim muassasalariga qabul kvotalari soni 800 o`ringa ko`paydi

'Rossiya ta`lim muassasalariga qabul kvotalari soni 800 o`ringa ko`paydi'ning rasmi

Toshkentda  “Rossiya ta`limi. Toshkent-2022” xalqaro ko`rgazma-yarmarkaga bag`ishlangan matbuot anjumani o`tkazildi va unda  Rossiya hamda  O`zbekiston ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Qayd etish kerak, Rossiya O`zbekistonning xalqaro taraqqiyotga ko`maklashish sohasidagi eng yirik hamkorlaridan biridir. Rossotrudnichestvoning O`zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Mixail Vojdaevning ma`lum qilishicha, bu yil Rossiya ta`lim muassasalariga qabul kvotalari soni 800 o`ringa ko`paydi va “Rossiya ta`limi. Toshkent-2022” yarmarka-ko`rgazmasida taklif etilgan oliygohlar soni 56 tani (o`tgan yili 32 ta bo`lgan) tashkil etdi.

Vojdaev “Rossotrudnichestvo” tashkiloti tomonidan O`zbekistonda amalga oshirilayotgan gumanitar va ta`lim loyihalari haqida ham gapirdi. Rus tili o`qituvchilari uchun "Zerikarli bo`lmagan bolalar bog`chasi" loyihasi mavjud bo`lib, unda o`qituvchilar interfaol kurslar orqali o`zlarining kasbiy pedagogik mahoratlarini oshiradilar, bundan keyin ham maktabgacha yoshdagi bolalarni o`qitishda foydalanadilar. Mazkur loyiha oliy ta`lim muassasalarida ijobiy baholandi.  Toshkent pedagogika laboratoriyasi deb ataladigan universitet o`qituvchilari uchun davra suhbatlari o`tkazilmoqda. Ushbu loyihaning maqsadi Rossiya va O`zbekiston o`qituvchilari o`rtasida madaniyatlararo va ta`lim sohasida tajriba almashishdan iborat. Shuningdek, “Yil filologi” mukofoti ham o`tkaziladi. Rus tilining eng yaxshi o`qituvchilari ta`lim faoliyatidagi xizmatlari uchun taqdirlanadilar.

 

    Boshqa yangiliklar