AsosiyDunyo

Dunyoda koronavirusni yuqtirish holatlari 6 foiz, o`lim ko`rsatkichi esa 12 foizga kamaydi

'Dunyoda koronavirusni yuqtirish holatlari 6 foiz, o`lim ko`rsatkichi esa 12 foizga kamaydi'ning rasmi

O`tgan haftada koronavirus yana bir qadam ortga chekindi. Garchi bu davrda dunyo bo`yicha 2,9 milliondan ortiq kishida kasallik aniqlangan bo`lsa-da, ko`rsatkichlar 19-25 sentyabr sanalariga qiyoslaganda 6 foizga kamaygan.  

 SOVID-19 hafta davomida 8,3 ming nafardan ziyod bemorni hayotdan olib ketdi. Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti bu raqamlarni tahlil qilib xabar berar ekan, o`lim holatlari soni 12 foizga pasayganini ma`lum qilgan.  

"O`tgan hafta ichida eng ko`p bemor Germaniyada aniqlandi — 400 mingdan ziyod kishi. AQShda xastalikka chalinganlar soni 312 ming, Yaponiyada 306 ming nafardan oshdi. Xitoy (303 ming) va Fransiya (qariyb 265 ming) esa navbatdagi o`rinlarni band etdi.  

 Yuqori o`lim ko`rsatkichlari bo`yicha AQSh yana oldinda. Bu erda xastalik tufayli 2728 kishi hayotdan ko`z yumdi. Shuningdek, Rossiyada 711, Yaponiyada 563, Xitoyda 368 va Braziliyada 286 nafar bemor koronavirus qurboniga aylandi",— deyiladi xabarda

 JSST eksperti Mariya van Kerxovening ta`kidlashicha, COVID-19 butunlay yo`q bo`lib ketmaydi va insoniyat u bilan yashashga majbur. Ijobiy jihati esa biz bu xavfli kasallikka qarshi samarali diagnostika va davolash usullari hamda vaksinalarga egamiz.  

Kerxovening so`zlariga ko`ra, hozir dunyoda “omikron” shtammining BA.5 subvarianti dominant. Xastalikdan asosan emlanmagan aholi qatlami aziyat chekmoqda.

    Boshqa yangiliklar