Sanoqli kunlardan so`ng yangi — 2016-2017-o`quv yili ham boshlanadi. Ayni paytda esa barcha ota-onalar farzandlariga maktab formasidan tortib o`quv qurollarigacha bo`lgan xaridni amalga oshirish payida bo`lsalar ajabmas. Shundan kelib chiqib, biz ham mazkur sahifamiz orqali mavzuga doir fuqarolar murojaatlariga ham oydinlik kiritamiz. Shuningdek, tashkil etilgan maktab bozorlaridagi o`quv qurollari narxlari, sifati haqida ma`lumot beramiz.
O`ZIMIZNIKI, ARZON VA TERMINAL ASOSIDA
F.AHMEDOV, Xalq ta`limi vazirligi bosh boshqarma boshlig`i:
— Joriy yilning 10 avgustidan 10 sentyabrigacha Respublika bo`ylab tashkil etilgan maktab bozori — bu ijtimoiy loyiha bo`lib, uning o`ziga xos uch jihati:
- Barcha mahsulotlar o`zimizda ishlab chiqarilgan;
- Narxlar arzonlashtirilgan;
- To`lov terminallari bilan to`liq ta`minlanganligidadir.
MAXSUS YaRMARKALARDA NIMALAR SOTILMOQDA
- Maktab bozorlarida 26 turdagi zaruriy o`quv kurollari va jihozlari sotuvi yo`lga qo`yildi.
Bular:
o`quvchi daftari,
umumiy daftar,
kundalik daftari,
rasm daftari, ruchka,
portfel (ranes),
chizgich, sirkul,
akvarel buyoqlari,
rangli qalamlar,
flomaster,
vatman qog`ozi,
o`chirgich,
elim (kley),
rangli kog`oz,
qalam yo`ng`ich,
qalamdon (penal),
nota daftari,
idora daftari,
tush,
oddiy va rangli bur,
barxat kog`oz,
qiz bolalar va o`g`il bolalar uchun poyabzallar,
bolalar sport kiyimlari.
Mazkur mahsulotlarning aksariyat qismi yurtimizda ishlab chiqarilgan bo`lib, hozirda 6 mln. nafarga yaqin o`quvchilar uchun ehtiyojlar zaxirasi shakllantirilmoqda.
KIM NAZORAT QILADI?
- Maktab yarmarkalarida savdosi tashkil etilayotgan mahsulotlarning O`zbekistan Respublikasidagi amaldagi standartlar talablariga javob berishini hamda ularning sifatini mahalliy hokimliklar xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo`mitasi bilan birgalikda nazorat qiladi.
SIFAT VA STANDARTLARI QANAQA?
Jamshid Mirkomilov, O`zbekiston matbuot va axborot agentligi boshqarma boshlig`i:
- Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 3 iyundagi “Ta`lim muassasalari uchun xavfsiz poligrafiya mahsulotlari haqidagi Umumiy texnik reglamentni tasdiqlash to`g`risida”gi qaroriga asosan, o`quvchi-yoshlarga mo`ljallangan matbaa mahsulotlarining sifati, ekologik talab va me`yorlarga javob berishi, milliy ma`naviyatimizga mos tushishi lozim.
Mazkur qaror asosida daftar, umumiy daftar, kundalik, rasm daftari kabi maktab matbaa mahsulotlarining gigienik talablari va aniq standartlari belgilab berilgan.
Xususan, maktab o`quvchilari uchun mo`ljallangan daftar 12 varoqdan iborat va ichidagi asosiy chiziqlari siyohrang, yashil, havorang, kulrang, yonchizig`i esa qizil rangda bo`lishi kerak. Shuningdek, yozuv daftarlari uchun gazeta va glyans qog`ozdan foydalanishga yo`l qo`yilmaydi.
QANDAY RASMLI MUQOVALAR MUMKIN?
O`tgan o`quv yilida farzandim uchun olgan kundalik va umumiy daftarlarning ustidagi rasmi sabab o`qituvchisi foydalanishga ruxsat bermadi. Ayting-chi, maktab o`quvchilari daftarlari muqovasi qanday ko`rinishda bo`lishi kerak?
B.Xolto`raeva, Qashqadaryo viloyati G`uzor tumani
- Maktab matbaa mahsulotlari jildining birinchi betiga ijtimoiy-siyosiy, texnika, matematika va tabiiy fanlar rivojiga ulkan hissa qo`shgan buyuk tarixiy shaxslar, mutafakkirlar, olim va faylasuflar portreti, ularning hayoti, ijodi va ixtirolari haqida asosli qisqacha ma`lumot hamda ularning aforizmlarini joylashtirish lozim. Orqa muqovada esa, qo`llash maqsadiga ko`ra, alifbo, tarixiy sanalar, grammatik qoidalar, Pifagor jadvali, muammoli topshiriqlar, turli o`lchov birliklari va masalalar berilishi mumkin.
Muqovaga boshqa turdagi suratlar va ma`lumotlar joylashtirishga ruxsat etilmaydi
KIChIK SURIShTIRUV: BOZORDA NARX-NAVO QANDAY?
Yuqoridagi izohlarda maktab yarmarkalaridagi mahsulotlar boshqa savdo majmualaridagi o`quv-qurollariga nisbatan birmuncha arzon, deya e`tirof etildi. Shu maqsadda biz ham respublikamiz bo`ylab tashkil etilgan maktab bozorlari va tarmoq savdo majmualari misolida o`quv qurollarining sifati, davlat standartlariga javob berishi va albatta, narxi bilan qiziqdik. Xo`sh, qaerda, nima, qanchadan?
|
|
Nomlari |
Abu Saxiy |
Chorsu |
“Ilm yog`dusi” (“Solnechniy”)
|
Tarmoq savdo majmualarida |
|
|
1 |
Daftar -12 varaq |
200 so`m |
250-300 so`m |
280 so`m |
280 so`m |
|
|
2 |
Umumiy daftar 48 varaq |
1500 so`m |
1700 so`m |
1500 so`m |
13990 so`m (qadog`ida10 donadan) |
|
|
3 |
Umumiy daftar 96 varaq |
2000 so`m |
2000-2500 so`m |
2300 so`m |
6190 so`m |
|
|
4 |
Rasm daftari |
3500 (dan ko`pi bor sifati va varaqlariga qarab) so`m |
4500-5000 so`m |
2000-6000 so`m |
|
|
|
5 |
Qalam (Pachkasida 12 ta) |
11500 so`m |
15000-17000 so`m |
250-850(dona) so`m |
5590 so`mdan- 27590 so`mgacha |
|
|
6 |
Ruchka(dona) |
250 so`m |
500 dan ko`pi bor |
200-2500 so`m |
|
|
|
7 |
Kraska 8,10,12 rangli(Gamma) |
4500-20000 |
8000-18000 |
4500-6500 |
|
|
|
8 |
Sirkul |
3500-30000 so`m |
7500-28000 so`m |
3500-8000 so`m |
|
|
|
9 |
Rangli qog`oz (Sifatiga qarab) |
350-5000 so`m |
4500-5500 so`m |
4000-5000 so`m |
2990 so`m(12 xil rangida) |
|
|
10 |
Rangli qalam |
2500-10000 so`m |
3500-12000 so`m |
2800-10000 so`m |
5590 so`mdan- 27590 so`mgacha |
|
|
11 |
Shtrix |
3000-5000 so`m |
3500-5500 so`m |
3500-5000 so`m |
|
|
|
12 |
Kley |
3500-6500 so`m |
2500-10000 so`m |
1800-2500 so`m |
(22g) - 2290 so`m, (88g) 3390 so`m |
|
|
13 |
Lineyka |
500 so`m |
1000 so`m |
400-2500 so`m |
|
|
|
14 |
Ryugzak-papka |
35000-70000 so`m |
30000-200000 so`m |
22000-100000 so`m |
|
|
|
15 |
Sarafan |
25000,45000 68000 dan |
75000 so`m dan |
|
|
|
|
16 |
Yubka-nimcha
|
25000 so`m (yubkani o`zi) 55000 so`m (yubka-nimcha) |
28000 so`m yubkani o`zi |
|
|
|
|
17 |
Kofta |
30000-60000 so`m |
38000-75000 so`m |
|
|
|
|
18 |
Shim -ko`ylak |
35000-45000 so`m shim, 22000 so`m oq ko`ylak |
45000 so`mdan yuqori |
|
|
|
|
19 |
Daftar ustiga oblojka(50 dona) |
20000 so`m |
25000 so`m |
100 so`m (donasi) |
|
|
|
20 |
Qalamdon (Penal) turi va hajmiga qarab |
4000-18000 so`m |
6000-32000 so`m |
4000-20000 so`m |
|
|
Kuzatishlarimiz shuni tasdiqladiki, tashkil etilgan yarmarkalardagi o`quv qurollari davlat standartlariga javob berish bilan birga bolalarning estetik qarashlariga ijobiy ta`sir etadigan muqova va ko`rinishga egaligi bilan e`tiborga molik. Shuningdek, biz mavjud narxlarni keltirib o`tdik xolos, sifatga munosib qiymatda sotib olish esa sizning ixtiyoringizda.
AGAR NARX VA TO`LOVDA MUAMMO PAYDO BO`LSA...
Maktab yarmarkalarida sotiladigan maxsulotlar narx-navolarining sun`iy ravishda oshib ketishiga yul qo`ymaslik hamda ularda to`lov terminallarining uzluksiz ishlashini yo`lga qo`yish maqsadida mahalliy hokimliklar va davlat soliq qo`mitasi tomonidan doimiy nazorat yo`lga qo`yilgan. Agar bu borada xaridorlarda norozilik yuzaga kelsa, Davlat soliq qo`mitasining 244-98-98 raqamli ishonch telefoniga murojaat qilishalari mumkin.
Farida EGAMBERDIEVA,
Mo``tabar OBIDJONOVA tayyorladi





