Janubiy Koreya, AQSh va Yaponiya Shimoliy Koreyaning raketa va yadroviy tahdidlariga qarshi turish maqsadida Yapon dengizida qo`shma harbiy-dengiz mashqlarini boshladi.
Bu haqda “Yonhap” agentligining xabariga tayanib, "Zamon.uz" yozmoqda. Mashqlar xalqaro suvlarda o`tkazilmoqda.
Pxenyan esa raketa uchirilishini AQShning Koreya yarimorolidagi harakatlariga qarshi javob choralari deb atadi.
Avvalroq KXDR TIV Pxenyan AQSh va Amerika ittifoqchilarining Koreya yarimoroli hududidagi harakatlari munosabati bilan o`z xavfsizligini ta`minlash uchun zarur choralarni ko`rayotganini ma`lum qilgandi.






