O`zbekiston Respublikasi Kinematografiya agentligi bugungi kunda ko`plab xorijiy mamlakatlar bilan kino sohasi bo`yicha hamkorlik aloqalarini yo`lga qo`yib kelmoqda. Kinematografiya agentligi va Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi hamkorligida ichki ishlar organlari faoliyatiga bag`ishlangan triller janridagi «Ofiser 55» serialida ham mana shu hamkorlikning natijasi o`laroq, filmga taklif etilgan rossiyalik taniqli aktyor va rejissyor, «Oltin niqob» («Zolotaya maska») mukofoti sohibi Anton Paxomovni keltirish mumkin. U filmda bosh rollardan birini ijro etgan. Uning yaratgan obrazi serialdagi o`ziga xos rollardan biri hisoblanadi.
Ma`lumot uchun, Anton Paxomov 1997-2000 yillarda «Ilhom» teatri qoshidagi dramatik san`at maktabida tahsil olgan. 2004-2006 yillarda Markaziy Osiyo va Qozog`iston yosh rejissyorlari laboratoriyasida ishtirok etgan. 2012 yilda Kirill Serebrennikov (Moskva) rahbarligidagi «Transkripsiya» laboratoriyasida ish o`rgangan. 1998-2011 yillarda «Ilhom» teatri aktyori bo`lib faoliyat yuritgan. «Ilhom» teatri qoshidagi dramatik san`at maktabida aktyorlik mahorati bo`yicha yordamchi o`qituvchi va sahna nutqi o`qituvchisi bo`lib ishlagan. 2012 yilda «Et Cetera» teatrining truppasiga qabul qilingan.
2008 yilda «Yilning eng yaxshi aktyori” nominasiyasida («Oresteya» spektaklidagi Apollon roli uchun) Mark Vayl nomidagi «Ilhom» mukofotiga sazovor bo`ldi.
U 2019 yilda Kazansevning «Eski uy» (SDR teatri, rejissyor Vladimir Pankov) spektaklidagi Ryazaev roli uchun «Oltin niqob» («Zolotaya maska») mukofoti laureatiga aylangan.
O`zbek kinosining oxirgi 10 yillikdagi eng yorqin filmi bo`lishi kutilayotgan «Ofiser 55» serialinig tizeri tez orada taqdim etialdi!
07.10.2022 17:16