1

O`zbekistonga Butunjahon taekvondo WT federasiyasi prezidenti keldi

Sport 09.10.2022, 08:52
O`zbekistonga Butunjahon taekvondo WT federasiyasi prezidenti keldi

Toshkentda o`tayotgan dzyudo bo`yicha jahon chempionatiga martabali mehmonlarning tashrifi davom etmoqda, deya xabar bermoqda Olympic.uz.

Bir necha daqiqa avval Butunjahon taekvondo WT federasiyasi prezidenti Chungvon Choy Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportiga etib kelgan. Faxriy mehmonni MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov, Qo`mita raisi o`rinbosari, O`zbekiston taekvondo WT assosiasiyasi rahbari Sherzod Tashmatov boshchiligidagi mutasaddilar qarshi olishgan.  

Janob Choy ertaga dzyudo bo`yicha dunyo birinchiligining tantanali ochilish marosimida ishtirok etadi. Shuningdek, mehmonning dasturidan taekvondo bo`yicha O`zbekiston terma jamoasining bazasiga tashrif, Assosiasiya rahbariyati bilan uchrashuvlar ham o`rin olgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1