1

Navoiyda xalq ta`limi boshqarmasi mansabdorlari kompyuter uchun ajratilgan pullarni talon-taroj qilishdi

Jinoyat 09.10.2022, 10:52
Navoiyda xalq ta`limi boshqarmasi mansabdorlari kompyuter uchun ajratilgan pullarni talon-taroj qilishdi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan murojaatga asosan Navoiy viloyati xalq ta`limi boshqarmasi mansabdor shaxslarining noqonuniy xatti-harakatlari  o`rganildi. Bu haqda agentlik Axborot xizmati ma`lum qildi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga yo`llangan murojaatda qayd etilishicha, Navoiy viloyati hokimligi tomonidan tegishli farmoyish asosida viloyat Xalq ta`limi boshqarmasiga mahalliy byudjet mablag`lari hisobidan qiymati 2,6 mlrd. so`mlik jami 822 dona kompyuter jamlanmalari sotib olingan, lekin shartnomada ushbu kompyuterlarning prosessorlariga o`rnatilgan tezkor xotirasi sig`imi “DDR4” deb ko`rsatilgan bo`lsada, ta`minotchi tashkilotlar “DDR3” sig`imli tezkor xotira o`rnatilgan kompyuter jamlanmalarini etkazib bergan. Buning oqibatida, komissiya tomonidan kompyuterlar texnik parametrlari shartnoma shartlariga muvofiq deb foydalanishga qabul qilingan.  

Agentlik xodimlari tomonidan holat hududga chiqib o`rganildi. Aniqlanishicha, Vazirlar Mahkamasining “Yoshlarni “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida o`qitish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi 716-sonli qaroriga asosan Navoiy viloyatidagi  78 ta maktabga 7,6 mlrd. so`mga kompyuter qurilmasi sotib olish ko`zda tutilgan va ularga aniq texnik talablar qo`yilgan.

To`plangan hujjatlarga ko`ra, Xalq ta`limi boshqarmasiga “C.C” MChJ va “M.B” MChJlaridan qiymati 2,6 mlrd. so`mlik 822 dona kompyuter jamlanmalari sotib olingan. Shundan, 1,1 mlrd. so`mlik kompyuterlar tender savdolari orqali hamda 1,4 mlrd. so`mlik kompyuterlar komissiya tartibida eng yaxshi taklif sifatida baholanib, yuqoridagi MChJlardan xarid qilingan.

Ushbu kompyuter jamlanmalari texnik parametrlarining shartnoma shartlariga muvofiqligini hamda ularning haqiqiy bahosini ekspertiza tayinlash orqali aniqlash va mas`ul shaxslarning xatti-harakatlariga qonuniy baho berish maqsadida tergovga qadar tekshiruv harakatlarini o`tkazish zarurati yuzaga kelganligi sababli murojaatdagi masalalar yuzasidan to`plangan hujjatlar ularga qonuniy baho berish uchun O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga yuborilgan edi.  

Kompyuter jamlanmalari bo`yicha o`tkazilgan ekspertiza xulosasiga ko`ra, Navoiy viloyati Xalq ta`limi boshqarmasi mansabdor shaxslari tomonidan xarid qilingan 822 dona kompyuter jamlanmalari jami 585,2 mln.so`mga qimmat narxda xarid qilinib, byudjet mablag`larini rastrata qilish yo`li bilan talon-taroj qilganliklari aniqlangan.

Bosh prokuratura huzuridagi IJQK departamenti Navoiy viloyati boshqarmasi tomonidan viloyat Xalq ta`limi boshqarmasi hamda “C.C” MChJ va “M.B” MChJ mansabdor shaxslariga nisbatan JKning 167-moddasi 3-qismi “a” bandi va 209-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1