AsosiyDunyo

O`zbekiston fuqarolarining Tailandda bo`lish muddati 15 kundan 30 kungacha uzaytirildi

'O`zbekiston fuqarolarining Tailandda bo`lish muddati 15 kundan 30 kungacha uzaytirildi'ning rasmi

Tailand Vazirlar Mahkamasining qarori bilan 2022 yil 1 oktyabrdan 2023 yil 31 martgacha bo`lgan davrda mamlakatga kelgach viza oluvchi (Visa on Arrival) O`zbekiston fuqarolarining ushbu mamlakatda vaqtincha bo`lish muddati 15 kundan 30 kungacha uzaytirildi, deb xabar bermoqda  "Dunyo" AA.

O`zbekiston Bosh konsulxonasidan olingan ma`lumotga ko`ra, shuningdek, barcha toifadagi fuqarolar uchun emlash sertifikati yoki PCR-testini taqdim etish talabi bekor qilindi.

O`zbekiston fuqarolariga vizalar "Visa on Arrival" yozuvi mavjud bo`lgan maxsus o`tish yo`laklarida beriladi.

 Ushbu turdagi vizalarni olish uchun quyidagi hujjatlar talab etiladi:

  •  pasport (Tailanddan ketish rejalashtirilgan kundan boshlab kamida 6 oy amal qilish muddati bilan);
  •  4×6 sm hajmdagi 1 dona fotosurat, oq fonda (viza berilishidan kamida 6 oy oldin olingan bo`lishi lozim, aeroport hududida ham 10 AQSh dollarga rasmga tushish imkoniyati mavjud);
  • qaytish aviachiptasining nusxasi;
  • bir kishi uchun 2000 bat (taxminan 55 AQSh dollari) viza to`lovi, to`lov Tailand batida amalga oshiriladi;

Bundan tashqari, immigrasiya nazoratidan o`tayotganda fuqarolardan mehmonxonani band qilganligi to`g`risida hujjat yoki har bir kishi uchun 20 ming Tailand bati (taxminan 550 AQSh dollari) miqdorida mablag` mavjudligini tasdiqlash talab qilinishi mumkin.

Qo`shimcha ma`lumotlar bo`yicha O`zbekistonning Tailanddagi (Bangkok shahrida joylashgan) Bosh konsulxonasiga murojaat qilishingiz mumkin:

Tel.: +6626753995, +6626753995.

 

    Boshqa yangiliklar