AsosiyDunyo

Qirg`iziston KXShTning qo`mondonlik-shtab o`quv mashg`ulotlarini bekor qildi

'Qirg`iziston KXShTning  qo`mondonlik-shtab o`quv mashg`ulotlarini bekor qildi'ning rasmi

Qirg`iziston Mudofaa vazirligi KXShT tinchlikparvar kuchlari bilan “Buzilmas birodarlik – 2022” qo`mondonlik-shtab o`quv mashg`ulotlarini bekor qildi, deb xabar qildi Sputnik Qirg`iziston vazirlik matbuot xizmatiga tayanib.

Bu o`quv mashg`ulotlari oktyabr oyida respublika hududida o`tkazilishi kerak edi. Bekor qilish sabablari aniqlanmagan.

Ma`lum qilinishicha, 26 sentyabr kuni KXShT MRX bilan “O`zaro hamkorlik-2022” qo`mondonlik-shtab o`quv mashg`ulotlari, razvedka kuchlari va vositalari bilan “Poisk-2022” va “Eshelon-2022” maxsus o`quv mashg`ulotlari O`zbekiston Respublikasi qo`shinlari (kollektiv kuchlar) moddiy-texnik ta`minoti bo`linmalari bilan bo`lib o`tdi. 

KXShT mashg`ulotlari ayni paytda Qozog`istonda boshlangan. Ular 13 oktyabrgacha davom etadi. Mashg`ulotlarda 6,5 mingdan ortiq kishi band bo`lib, ularga 850 dan ortiq harbiy va maxsus texnika, jumladan, samolyotlar, vertolyotlar va PUAlar jalb etilgan.

KXShTga Armaniston, Belarus, Qozog`iston, Qirg`iziston, Rossiya va Tojikiston kiradi.

 

    Boshqa yangiliklar