1

Parkinson kasalligiga 3 daqiqada tashxis qo`yish usuli topildi

Salomatlik 09.10.2022, 13:18
Parkinson kasalligiga 3 daqiqada tashxis qo`yish usuli topildi

Buyuk Britaniyaning Manchester universiteti olimlari Parkinson kasalligiga atigi uch daqiqada tashxis qo`yish usulini ishlab chiqdi. Bu haqda Sog`liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati ma`lum qildi.

U, avvalgidek, bemorlarning kasallik tarixini o`rganish, uzoq muddatli tibbiy tekshiruvlar va miyani skanerlashni talab etmaydi.  

Yangi usuldagi sinama uchun teri ostidagi yog` to`qimalaridan namuna olinib, uning kimyoviy tarkibidagi o`zgarishlar tahlil qilinadi. Natijalar 3 daqiqada ma`lum bo`ladi.  

Tadqiqot samaradorligini sinovdan o`tkazish uchun olimlar Parkinson bilan xastalangan 79 nafar bemor va 71 nafar sog`lom kishining tahlil namunalarini taqqosladi.

Yakunda to`rt mingdan ortiq birikmalar ko`zdan kechirilib, ulardan 500 tasi Parkinson xastaligiga chalinganlarda boshqalarga nisbatan farq qilishi aniqlandi. Shundan so`ng biomarkerlardagi o`zgarishlarga asoslangan sinamalar ishlab chiqildi.  

Endi tadqiqotchilar ushbu testning laboratoriyadan tashqari sharoitda ham samarali ishlashini isbotlamoqchi.  

Ma`lumot uchun: Parkinson — yangi asrda eng tez rivojlanayotgan nevrologik kasalliklardan biri. U sekin progressiyalanadi va 50 yoshdan oshgan kishilarda yuzaga keladi. Biroq xastalik ko`pincha kech bosqichda aniqlanishi bois muolajalardan hamisha kutilgan samara bo`lmaydi.

 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1