Britaniyalik milliarder Jon Kodvell Rossiya prezidenti Vladimir Putin “kamroq dollar olishi” uchun qishda uyini isitmaslikka qaror qildi. Bu haqda " Zamon.uz" “Mirror” gazetasi tayanib yozmoqda.
“Bizda yonilg`i inqirozi borligini bilaman va hamma biz kamroq energiya ishlatishimizdan xavotirda. Men esa ataylab isitgichlardan foydalanmayman. Men yashashimiz mumkin bo`lgan bitta xonani isitmoqchiman va uyning 98 foizi sovuq bo`lib qoladi”, — deydi Kodvell.
Milliarderning so`zlariga ko`ra, yonilg`i sanoatidagi daromadlar hisobiga Rossiya Ukrainadagi maxsus operasiyani moliyalashtiradi.






