Bojxonachilar “Isuzu” yukxonadagi ketmon dastalari ortidan 5 turdagi 77 272 dona pirotexnika vositalari aniqlashdi

Jinoyat 10.10.2022, 19:16
Bojxonachilar “Isuzu” yukxonadagi ketmon dastalari ortidan 5 turdagi 77 272 dona pirotexnika vositalari  aniqlashdi

"Toshkent-Aero” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi tezkor tuzilmalari tomonidan Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda oldindan kuzatuvga olingan shaxs boshqaruvidagi “Isuzu” yuk avtotransport vositasi to`xtatilib, ko`zdan kechirildi. 

Natijada, yukxonadagi ketmon dastalari ortiga yashirilgan qog`oz qutilarda  5 turdagi 77 272 dona pirotexnika vositalari borligi aniqlandi. 

Dastlabki hisob-kitoblarga ko`ra, xorijda ishlab chiqarilgan, ammo, sifatini va bojxona rasmiylashtiruvini tasdiqlovchi hujjatlari bo`lmagan mazkur salyut va petardalarning jami qiymati 433 mln. so`mni tashkil qilmoqda.

Raqamlarga ko`ra, joriy yilning o`tgan davri mobaynida respublikamiz bojxonachilari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi turli idoralar bilan hamkorlikda aniqlangan 27 ta qonunbuzilish holatlarida qiymati 652  mln. 80 ming so`mlik 109 ming 168 dona pirotexnika vositalarining noqonuniy olib o`tilishining o`z vaqtida oldi olindi.

Bundan tashqari yuqoridagi holatda yukxonada muqaddam noqonuniy ravishda olib kirilgan 28 640 dona lekoplastir va termometrlar,  41 488 dona shaxsiy gigiena va parfyumeriya vositalari ham borligi aniqlandi. 

Shunday qilib mazkur holatda to`xtatib qolingan tovarlarning umumiy qiymati salkam 696 mln. so`mni tashkil qilmoqda. 
 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1