Ekologiya qo`mitasi raisining ikki o`rinbosari lavozimidan ozod etildi
Prezident Administrasiyasida bo`lib o`tgan yig`ilishda Ekologiya davlat qo`mitasi rahbarining birinchi o`rinbosari Umarbek Halilov va o`rinbosari Islombek Boqijonov lavozimidan ozod etildi.
Mazkur qarorga Prezident Shavkat Mirziyoev raisligida mahallalarni obod qilish va "Yashil maeon" umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig`ilishida kelingan.
Umarbek Xalilov ushbu lavozimda 2022 yilning yanvaridan beri ishlab kelayotgandi, u biologik xilma-xillikni muhofaza qilish, yovvoyi hayvonlar va o`simliklarni olish kvotalarini berish va boshqa sohalar uchun javobgar bo`lgan. Islombek Boqijonov esa 2020 yilning aprelidan beri mazkur lavozimda faoliyat yuritgan va maishiy chiqindilarni qayta ishlash sohasini ham nazorat qilgan.
11.10.2022 14:11
Ekologiya qo`mitasi raisining ikki o`rinbosari lavozimidan ozod etildi






