AsosiyJamiyat

Kelayotgan qishda bizni qanday kutmoqda?

'Kelayotgan qishda bizni qanday kutmoqda?'ning rasmi

So`nggi yillarda O`zbekistonda qish davrlari iliq va kam qorli bo`ldi, bu bizning O`rta Osiyo qishlarimiz uchun odatiy holdir. Bu davrda haroratning keskin o`zgarib turishi kuzatiladi. "O`zgidromet" kelayotgan qishda bizni kutayotgan ob-havo ma`lumotlari haqida xabar berdi.

So`nggi 20 yil ichida 2007-2008, 2011-2012-yillardagi qish sovuq va uzoq davom etdi, bu o`rtacha iqlim qiymatlaridan 3-4 gradusga past bo`ldi. Ushbu qishlarning ayrim kunlarida havo harorati Toshkentda kechalari 15-17 gradusgacha, kunduz kunlari esa 8-13 ​​​​​​​darajagacha pasaydi. Bunday ob-havo sharoiti odatda Rossiyaning Evropa hududidan, Uraldan, ba`zan, hatto G`arbiy Sibirdan sovuq havoning kirib kelishi hisobiga vujudga keladi.

Eng iliq qish oylari esa 2003-2004, 2008-2009, 2009-2010, 2021-2022 yillarga to`g`ri keladi, Toshkentda o`rtacha mavsumiy harorat me`yordan 3-5 darajaga yuqori bo`lgan. Umuman 2015-2016 yillarning qish mavsumi eng iliq qish mavsumi bo`lib, qishning o`rtacha harorati me`yordan 5-6 darajaga yuqori bo`lgan.

Eng iliq qish davrlarida kunduzgi havo harorati 20-23 darajagacha iliq, ayrim kunlarda esa 25-27 gradusgacha iliq ko`tarilishi mumkin.

Bu yilning qish mavsumi uchun tuziladigan prognoz haqida so`zlashishga hali juda erta, ammo iqlim ma`lumotlari tahlili va etakchi jahon markazlari tomonidan 2022-2023 yillarning qish mavsumi uchun tuzilgan dastlabki hisoblariga ko`ra, qish mavsumi o`rtacha ko`p yillik qiymatlari atrofida va undan biroz ko`p va yog`ingarchilik taqchilligi bo`lishi kutilmoqda.

Kutilayotgan qish mavsumi davomida sovuq ob-havo davrlarida harorat 5-10 darajagacha sovuq, shimolda esa 15-20 gradusgacha sovuqning pasayishi ehtimoldan holi emas, bu qish oylari uchun iqlim me`yoridan 5-8 darajaga pastdir.

Shuni ta`kidlash joizki, prognozlar taxminiy xususiyatga ega va faqat butun mavsumning umumiy xususiyatlari uchun foydalaniladi: mavsumning o`rtacha harorati me`yordan yuqori yoki past, yog`ingarchilik mavsum davomida me`yordan ko`p yoki kam yog`ishi. Hatto bunday umumiy baholash aniqligi ham katta emas va 50-60% dan oshmaydi.

    Boshqa yangiliklar