Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlariga ko`ra, 2022 yil yanvar-sentyabr oylarida Toshkent shahridan respublikaning boshqa hududiga doimiy yashash maqsadida ko`chib ketganlar soni 7 741 kishini tashkil etgan.
Toshkent shahridan ko`chib ketish o`tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 676 kishiga (9,6 foizga) oshgan.
Toshkent shahridan hududlarga doimiy yashash uchun ko`chib ketganlar soni:
— Toshkent viloyati – 5778 kishi
— Qashqadaryo viloyati – 312 kishi
— Samarqand viloyati – 224 kishi
— Buxoro viloyati – 195 kishi
— Surxondaryo viloyati – 178 kishi
— Xorazm viloyati – 176 kishi
— Qoraqalpog`iston R. – 149 kishi
— Farg`ona viloyati – 147 kishi
— Andijon viloyati – 132 kishi
— Jizzax viloyati – 130 kishi
—Navoiy viloyati – 128 kishi
—Sirdaryo viloyati – 121 kishi
— Namangan viloyati – 71 kishi
13.10.2022 04:10
Aholi Toshkent shahridan eng ko`p qaysi hududlarga ko`chib ketgani ma`lum bo`ldi






