Avval xabar qilganimizdek, Namangandagi maktabda o`qituvchi o`quvchini kaltakladi.
Holat yuzasidan Bosh prokuratura matbuot xizmati izoh berdi.
Ma`lum qilinishicha, 2022 yil 13 oktyabr kuni Davlatobod tumanidagi 58-sonli maktab o`qituvchisi o`zi rahbarlik qilib kelayotgan sinf, ya`ni 5-V-sinf o`quvchisi (2011 y.t.) boshqa o`qituvchilarning dars vaqtida o`zining noo`rin xatti-harakatlari bilan qolgan o`quvchilarga xalaqit berib kelayotganligini eshitib qolgan.
Tanaffus paytida uni tartibga chaqirmoqchi bo`lganida, o`quvchi sinf rahbarini mensimasdan gap qaytargan.
Shundan so`ng, o`qituvchi jahl ustida o`quvchining badanini turli joylariga bir necha marotaba urib, unga tan jarohati etkazgan.
Hozirda holat yuzasidan Namangan shahar IIO FMB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Tekshirish harakatlari Namangan viloyati prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.