AsosiyJamiyat

Sirojiddin Berdiqulov Nurobod tumaniga hokim etib tayinlandi

'Sirojiddin Berdiqulov Nurobod tumaniga hokim etib tayinlandi'ning rasmi

Bu haqda Samarqand viloyati hokimligi xabar bermoqda

Nurobod tumani hokimligida o`tkazilayotgan xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tashkiliy masala ko`rildi. 

Sessiyada deputatlar tomonidan Berdiqulov Sirojiddin Valiqulovich nomzodi Nurobod tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi.

Sirojiddin Valiqulovich Berdiqulov 1979 yilda Samarqand viloyati, Jomboy tumanida tug`ilgan. Mazkur tayinlovga qadar O`zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo`mitasi raisining birinchi o`rinbosari lavozimida faoliyat olib borgan.

Eslatib o`tamiz, biroz avval Sardoba va Farg`ona tumanlariga yangi hokim tayinlangani haqida xabar bergan edik

    Boshqa yangiliklar