Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Pastdarg`om tuman bo`limi tomonidan “Mikrokreditbank” ATB Juma filialining murojaatiga asosan tergovga qadar tekshiruv o`tkazildi.
Unda, ushbu bank filiali sobiq bosh mutaxassisi B.N. fuqaro A.X. bilan o`zaro til biriktirib, hujjatlarni soxtalashtirish orqali 15 nafar fuqaroga 422 mln so`m mikroqarz va kredit ajratilishiga erishib, ushbu mablag`larni firibgarlik yo`li bilan qo`lga kiritganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.