AsosiyJamiyat

"Noma`lum sabablarga ko`ra..." SSV markaziy poliklinika binosidan o`zini tashlagan erkak bo`yicha munosabat bildirdi

'"Noma`lum sabablarga ko`ra..." SSV markaziy poliklinika binosidan o`zini tashlagan erkak bo`yicha munosabat bildirdi'ning rasmi

Avvalroq Navoiyda erkak markaziy poliklinika binosi 3-qavatidan o`zini tashlagani haqida xabar bergan edik.

Mazkur noxush holat yuzasidan Sog`liqni saqlash vazirligi munosabatini ma`lum qildi.

Aniqlanishicha, joriy yil 16 oktyabr kuni soat 14:10 lar atrofida Navbahor tumanida yashovchi (Karmana tumanida doimiy ro`yxatda turgan) 1968 yilda tug`ilgan fuqaro S.S. Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Navoiy filialiga bosh og`rig`i, bosh aylanishi, umumiy quvvatsizlik shikoyatlari bilan murojaat qilib kelgan. Bemorning so`zlariga ko`ra, unda shifoxonaga kelishidan 30 daqiqa avval ko`chada tutqanoq xuruji kuzatilgan.

Tekshiruvlar natijasida fuqaro S.S.ga “bosh miya yopiq jarohati, bosh miya chayqalishi, bosh ensa sohasi yumshoq to`qimalari lat eyishi va tutqanoq xuruji” dastlabki tashxisi qo`yilgan. Shundan so`ng u muassasaning neyroxirurgiya bo`limiga yotqizilib, belgilangan standartlar bo`yicha tibbiy tekshiruvlardan o`tkazilgan va zarur muolajalarni olgan.

Shuningdek, bugun bemorda kunning birinchi yarmida yuqori diagnostik — MSKT tekshiruvi o`tkazilib, uning bosh miya sohasida organik o`zgarishlar aniqlanmagan. Biroq 18 oktyabr kuni soat 15:00 lar atrofida bemor S.S. 3-qavatdagi 2-palata derazasidan noma`lum sabablarga ko`ra o`zini tashlab, vafot etgan.

Hozir huquq-tartibot idoralari tomonidan ushbu holat yuzasidan tegishli surishtiruv ishlari olib borilib, voqea sabablari aniqlanmoqda.

    Boshqa yangiliklar