AsosiyJamiyat

⚡️ Navbat Navoiy viloyatiga: maktab direktori urgan o`quvchi qiz hushidan ketgani aytilmoqda

'⚡️ Navbat Navoiy viloyatiga: maktab direktori urgan o`quvchi qiz hushidan ketgani aytilmoqda'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlar orqali “Navoiy shahar XTBga qarashli 11-AFChO`IM direktori 10-G sinf o`quvchisini urdi, o`quvchi esa hushini yo`qotdi” nomli xabar tarqatildi. Holat yuzasidan Navoiy viloyati IIB matbuot xizmati ma`lumot taqdim etdi. 

Aniqlanishicha, fuqaro X.J Navoiy shahar IIBga murojaat qilib, qizi 2006 yilda tug`ilgan voyaga etmagan G`.N.ni Navoiy shahar 11-sonli davlat ixtisoslashtirilgan umumta`lim maktabi direktori J.G. urib tan-jarohati etkazganligi yuzasidan murojaat qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Navoiy shahar IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilayotgan bo`lib, sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlangan.

Tekshirish harakatlari Navoiy viloyati prokuraturasi tomonidan nazoratga olindi.

Elatib o`tamiz, avvalroq Namanganda o`quvchi sinf rahbari tomonidan kaltaklangan edi, Samarqandda esa maktab direktori o`quvchini urib quloq pardasini yirtib yuborgani uchun ishdan olindi

    Boshqa yangiliklar