AsosiyJinoyat

Navoiyda qurilish kompaniyasi rahbari maktab binosining yaroqli qurilish materiallarini o`z ehtiyojlari uchun ishlatib yubordi

'Navoiyda qurilish kompaniyasi rahbari maktab binosining yaroqli qurilish materiallarini o`z ehtiyojlari uchun ishlatib yubordi'ning rasmi

Qashqadaryo, Navoiy va Toshkent viloyatlaridagi qurilish materiallarini talon-toroj qilish holatlari fosh etildi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.   

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangiyo`l shahar bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “K.q.” MChJ tomonidan er usti piyodalar o`tish yo`lagini ta`mirlashda 579,6 mln so`mga sotib olingan qurilish materiallarini ta`mirlashga ishlatilmasdan, o`zlashtirish yo`li bilan talon-toroj qilinganligi aniqlangan.

Shu kabi, Departamentning Chiroqchi tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, tuman Obodonlashtirish boshqarmasining sobiq rahbari M.S., bosh hisobchisi B.N. va boshqalar “H.M.” MChJga etkazib berilmagan avto ehtiyot qismlari uchun 100 mln so`m, piyodalar yo`lakchasini chiroqlar bilan bezatish uchun 40,4 mln so`m, “E.T.” MChJ bilan tuzilgan shartnomaga asosan ichimlik suvi inshootini qurishda bajarilmagan ish hajmlarni qo`shib yozish orqali 195,1 mln so`m jami 335,1 mln so`mni o`tkazib berganliklari aniqlangan.

Departamentning Konimex tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda esa, “N.S.” MChJ rahbari M.Sh. 1 so`m qiymatda auksionga chiqarilgan 14-sonli maktabning eski binosini yutib olib, investisiya majburiyatini bajarmasdan, binoning 199,8 mln so`mlik yaroqli qurilish materiallarini o`z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o`zlashtirish yoki rastrata yo`li bilan talon-toroj qilish), 209-moddasi (mansab soxtakorligi) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

 

 

 

    Boshqa yangiliklar